16:08 / 30.08.2018
18008

Osiyo o‘yinlari. Kumush oltin oldi

Osiyo o‘yinlarida kurashchilar yana bir oltin medalni O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga qo‘shib qo‘yishdi.

-78 kg vazn toifasidagi Kumush Yo‘ldosheva finalda mo‘g‘ulistonlik Otgon Munktsetseg bilan bellashdi va g‘alaba qozonib, Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi.

Kumush Yo‘ldosheva nimchorak finalda indoneziyalik Maulida Szalsani, chorak finalda qozog‘istonlik Kaljan Tayjanovani, yarim finalda esa Xitoy Taypey vakili Yang Xsiyentszuni mag‘lubiyatga uchratgandi.

Uning oltin medali O‘zbekiston delegatsiyasining 14-oltin medaliga aylandi va ayni vaqtda o‘zbekistonliklar umumiy reytingda 50ta medal (14-18-18) bilan yana 6-o‘ringa qaytdi.

Mavzuga oid
Top