09:47 / 30.08.2018
9824

Pentagon eng zamonaviy qiruvchidagi jiddiy nosozliklarni  yashirayotgani ma'lum qilindi  

Foto: AP Photo/Rick Bowmer

AQSh mudofaa vazirligi eng zamonaviy F-35 qiruvchi samolyotining yirik seriyali ishlab chiqarilishi boshlanishi muddatiga ulgurish uchun unda jiddiy nosozliklar borligini yashirishga urinmoqda.

Bunday xulosaga “Davlat nazorati loyihasi” (POGO, Project on Government Oversight) notijorat tashkiloti mutaxassislari dokladida kelingan. 

Bu xulosalarga ko‘ra, mudofaa vazirligida qiruvchining ko‘plab kamchiliklarini kamroq darajada jiddiy qabul qilinadigan holda qayta tasniflangan. “Ular Kapitoliy tepaligiga kelib, “Boshqa 1-toifadagi birorta kamchilik yo‘q” deya olishadigan qilishmoqchi”, deb aytgan doklad mualliflaridan biri. 

Ta'kidlanishicha, 1-toifadagi kamchiliklar ekipaj a'zolari, boshqa harbiylarning o‘limi yoki jarohat olishiga, samolyotning yo‘qotilishiga, istiqbolda esa uning seriyali ishlab chiqarishni to‘xtatishga olib kelishi mumkin.

Toifasi pasaytirilgan 19 ta jiddiy kamchilik orasida katapultalash tizimidagi muammo, o‘z bo‘linmalariga xato zarba berishga olib kelishi mumkin bo‘lgan, aviabombalarni tashlash uchun koordinatalarni o‘rnatish kabi muammolarlar bor.

POGO’ning baholashicha, samolyotda ayni vaqtda 1-toifadagi 111 ta va 2-toifadagi 855 ta jiddiy kamchilik mavjud.

F-35 qiruvchisi ko‘p maqsadli jangovar samolyot bo‘lib, yadroviy qurol olib yura oladi. Samolyotni loyihalashda AQSh bilan birga Avstraliya, Buyuk Britaniya, Daniya, Italiya, Kanada, Niderlandiya, Norvegiya va Turkiya ishtirok etmoqda. Samolyot uchta modifikatsiyada ishlab chiqariladi.

Dastlab ushbu samolyotga nisbatan kam mablag‘ ketishi ko‘zda tutilgan. Biroq samolyot loyihalanishi boshlangandan beri ushbu dasturga xarajatlar 1,5 trln dollardan oshib ketdi. Ammo shunday katta pul sarflanishiga qaramay, bu samolyotlarni qo‘llash vaqtida muntazam ravishda jiddiy muammolar yuzaga kelmoqda.

Mavzuga oid
Top