13:06 / 30.08.2018
16554

Ziraat Bank Uzbekistan boshqaruvi raisi boshqa lavozimga tayinlandi

Foto: Anadolu

Ko‘p yillardan beri O‘zbekiston-Turkiya banki UTBANK va bu yil boshida Ziraat Bank Uzbekistan nomini olgan bankning boshqaruvi raisi vazifasini bajarib kelgan Erjan Bulutning lavozimi ko‘tarildi.

U O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasida tashkil etilgan Ziraat Finans Grubu Koordinatori va Ziraat Bank Uzbekistan Boshqaruv kengashi maslahatchisi etib tayinlandi.

Shuningdek, Erjan Bulut O‘zbekiston va Turkiya ishbilarmonlari uyushmasi (UTİD) raisi vazifasini ham davom ettirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ziraat Bank Uzbekistan’da rahbar o‘zgargandi

Mavzuga oid
Top