22:17 / 31.08.2018
9580

Yangi BMW Z4 rodsteri namoyish etildi

BMW kompaniyasi Z4 (G29) yangi avlod rodsterini namoyish etdi. M40i First Edition talqinidagi yangi BMW Z4 taqdimoti Pebbl-Bichda bo‘lib o‘tdi. Model Concept Z4 Roadster prototipi dizayniga asoslangan va BMW rodsteri uchun ilk proyektsion displey bilan jihozlangan.

Foto: motor.ru

BMW Z4 M40i rodsteriga 387 ot kuchiga ega bo‘lgan uch litrli dvigatel o‘rnatilgan. U 4,4 soniya ichida tezligini soatiga 60 milga (96 kilometr) yetkazadi.

                                             

Mashina yorug‘lik diodli optika, ikkita yuqori darajali displeyga ega bo‘lgan BMW Live Cockpit Professional majmuasi, elektron boshqaruvli amortizatorlar, tormozlar va M Sport faol differensiali bilan jihozlangan.

Yangi BMW Z4 haqidagi batafsil ma'lumotlar sentabrda e'lon qilinadi.

Top