16:20 / 31.08.2018
11790

Hasanboy Do‘smatov final yo‘llanmasini hal qildi

O‘zbekiston boks jamoasining to‘rtinchi vakili Osiyo o‘yinlarining finaliga yo‘l oldi.

Rio Olimpiadasi chempioni, -49 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Hasanboy Do‘smatov yarim finalda xitoylik Vu Jonglinga qarshi jang qildi.

3 raund davom etgan jang natijasiga ko‘ra hakamla Hasanboy Do‘smatovning 5:0 (30:27, 30:27, 30:27, 30:27, 29:28) hisobidagi g‘alabasini e'lon qilishdi.

Endi unga finalda hindistonlik bokschi Amit raqiblik qiladi. U yarim final jangida filippinlik Karlo Paalamni mag‘lubiyatga uchratdi.

Bungacha -52 vazn toifasidagi Jasurbek Latipov, -60 kg vazn toifasida ringga chiqqan Shunqor Abdurasulov hamda -69 kg vazn toifasidagi Bobousmon Baturov final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishgandi.

Mavzuga oid
Top