07:34 / 31.08.2018
21822

Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha natijalar e'lon qilindi

Davlat qabul komissiyasining 2018 yil 28 avgustdagi 8-son bayoniga muvofiq 2018/2019 o‘quv yilida xorijiy OTMlardan O‘zbekiston Respublikasi OTMlariga o‘qishni ko‘chirish va ko‘chirib qayta tiklash bo‘yicha joriy yilning 24-25 avgust kunlari o‘tkazilgan test sinovlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari 68,0 dan yuqori bo‘lgan fuqarolar yozgan arizalari bo‘yicha o‘qish istagini bildirgan OTMlarda o‘qishni davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining rasmiy telegram kanali xabar bermoqda.

56,7 balldan 68,0 ballgacha to‘plagan fuqarolar viloyatlardagi oliy ta'lim muassasalarining mos yoki turdosh ta'lim yo‘nalishlarida o‘qishni davom ettirishi mumkin.

56,7 balldan kam ball to‘plagan fuqarolarga oshirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari asosida 2018/2019 o‘quv yilida yozgan arizalari bo‘yicha o‘qish istagini bildirgan oliy ta'lim muassasalarida o‘qishlarini davom ettirishlari mumkinligi belgilandi.

Fuqarolardan o‘qishining ko‘chirilishi yuzasidan batafsil ma'lumot olish uchun yozgan arizalari bo‘yicha o‘qish istagini bildirgan oliy ta'lim muassasalariga joriy yilning 30 avgustidan boshlab murojaat qilishlari so‘raladi.

Top