19:12 / 31.08.2018
9989

Qozog‘istonda yer silkinishi qayd qilindi 

Foto: Flickr

Qozog‘istonda 31 avgustda 5,2 magnitudali yer silkinishi yuz berdi. Bu haqda Qozog‘iston ta'lim va fan vazirligining seysmologiya tajriba-metodoligik ekspeditsiyasi ma'lum qildi. 

Seysmologlarning ma'lumotlariga ko‘ra, yer silkinishlari soat 18.21da (Toshkent vaqti bilan soat 17.21da) qayd qilingan. Yer silkinishi markazi Olmaotadan 53 km janubda, o‘chog‘i 15 km chuqurlikda bo‘lgan. Olmaotada yer silkinishi 4 ballni tashkil qilgan. Jabrlanuvchilar va talofatlar haqida ma'lumot berilmagan.

Mavzuga oid
Top