22:15 / 31.08.2018
20863

Osiyo o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan Mudofaa vazirligi sport klubi a'zolari tantanali kutib olindi

Bugun, 31 avgust kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Indoneziyada bo‘lib o‘tayotgan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sha'nini himoya qilgan sportchilar tantana bilan kutib olindi.

Jakarta va Palembang shaharlarida o‘tkazilayotgan Osiyo o‘yinlarida og‘ir atletika sport turi bo‘yicha Mudofaa vazirligi Sport klubi a'zosi, shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi oddiy askar Ruslan Nuridinov Osiyo o‘yinlari oltin medaliga sazovor bo‘ldi. U dast ko‘tarishda 191 kg, siltab ko‘tarishda esa 230 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirib, umumiy 421 kg natija bilan Osiyo o‘yinlari rekordini o‘rnatgan holda chempion bo‘ldi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Shuningdek, O‘zbekiston sharafini -69 kg vaznda himoya qilgan Mudofaa vazirligi sport klubi og‘ir atletikachisi Doston Yoqubov 331 kg natija bilan kumush medal sohibiga aylandi. Armiya sportchilari Adhamjon Ergashev hamda Rustam Jangaboyev esa o‘z vazn toifalarida (+105 kg va -62kg) bronza medallarini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Bundan tashqari, yengil atletika Nadya Dusanova balandlikka sakrashda 1,94 santimetrlik natijani qayd etgan holda o‘z shaxsiy rekordini yangiladi va kumush medalga ega bo‘ldi.

Tantanali kutib olish marosimida O‘zbekiston milliy olimpia qo‘mitasi, Og‘ir va yengil atletika federatsiyasi vakillari, Mudofaa vazirligi sport klubi mas'ullari, sportchi yoshlar hamda g‘olib va sovrindorlarning oila a'zolari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasi harbiy orkestri jamoasi o‘z kuy-qo‘shiqlari bilan tantanaga bayramona tus bag‘ishladi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Top