11:16 / 31.08.2018
11543

Toshkentda avtomashinani haydab chiqib ketgan fuqaro bedarak yo‘qoldi

30 avgust kuni Olmazor tumanida yashovchi D.Yu. IIBga murojaat qilib, unda shu yil 26 avgust kuni soat 10.30larda birga yashovchi kuyovi, “Phaeton Taxi” MChJ haydovchisi, 1985 yilda tug‘ilgan Maxsudbek Qambarbekov o‘zining boshqaruvida bo‘lgan “Neksiya” 01 682 TTG‘ davlat raqamli avtomashinasida uyidan noma'lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolganligini ma'lum qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Maxsudbek Qambarbekovni qidirib topish choralari ko‘rilgan.

“Hurmatli fuqarolar, agar siz Maxsudbek Qambarbekovni va uning boshqaruvida bo‘lgan avtomashina haqida biron-bir ma'lumotga ega bo‘lsangiz, ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga yoki “102” telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishingizni so‘raymiz”, - deyiladi xabarda.

Top