22:41 / 02.09.2018
6796

Rojyer Federerdan AQSh ochiq chempionatining eng yaxshi zarbasi (video)

Dunyoning eng unvondor tennischilaridan biri Rojyer Federer OAV tomonidan AQSh ochiq chempionati – US Open’ning eng yaxshi zarbasi deb atalayotgan zarbani bajardi.

Federer musobaqaning 3-davrasida Nik Kiros bilan 1/8 finalga chiqish uchun kortga tushgan. Uchrashuvning 3-seti vaqtida Federer to‘pni to‘r ustidan emas, balki uning ustuni yonidan raqib tomonga yo‘naltirgan.

Tennis qoidalariga ko‘ra, bunday intilish qo‘llab-quvvatlanadi: to‘r ustuni yonidan o‘tib, kortga tushadigan to‘p, hattoki to‘rdan pastroqdan uchib o‘tsam ham, to‘g‘ri deb qabul qilinadi.

Mavzuga oid
Top