8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

09:15 / 02.09.2018 25453

Toshkentda ilk multibrend poyabzallar do‘koni – FLO ishga tushdi

Foto: FLO

31 avgust kuni  Yunusobod tumanidagi korzinka.uz  Sayram supermarketining ikkinchi qavatida Turkiyaning yirik multibrend poyabzallar do‘koni – FLOning taqdimoti, 1sentabr kuni esa tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.

O‘zbekistondagi ilk FLO do‘koni taqdimotida kompaniya rahbariyati, yurtimizning ko‘zga ko‘ringan OAV vakillari, blogerlar va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Foto: FLO
Foto: FLO
Foto: FLO

Ta'kidlash kerakki, FLO - bu 400 ga yaqin do‘konlarga ega, Turkiyada poyabzal va aksessuarlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi yirik chakana tarmoq sanaladi. U Germaniya, Albaniya, Makedoniya, Gruziya, Ukraina, Rossiya, Qozog‘iston va dunyoning boshqa ko‘plab mamlakatlariga poyabzal eksport qiladi.Tarmoqda Kinetix, Polaris, Torex, Butigo, Art Bella, Panama Club, US Polo Assn, Lumberjack, Dockers By Gerli, Garamond kabiTurkiya va Yevropa brendlarining poyabzallari taqdim etilgan.

Foto: FLO
Foto: FLO
Foto: FLO

Aytgancha, 1-,2-,3- sentabr kunlari do‘konda «1+1» aksiyasi amal qilmoqda. Unga ko‘ra, 1 juft poyabzal xarid qilgan mijozga yana bir juft (ikki juftdan arzonrog‘i) poyabzal sovg‘a tarzida beriladi.

Foto: FLO
Foto: FLO
Foto: FLO

Yangi do‘kon Yunusobod tumani, 19 kvartal, Yunus ota ko‘chasi, 15 uy manzilidan o‘rin olgan.

Mo‘ljal: korzinka.uz Sayram supermarketining ikkinchi qavati.

Reklama huquqi asosida

Teglar

Top