11:36 / 04.09.2018
11190

O‘zbekiston va Misr birgalikda logistika markazi yaratishni rejalashtirmoqda

Foto: Dreamstime

O‘zbekiston va Misr birgalikda meva-sabzavotchilik va logistika markazi yaratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Tashqi savdo vazirligidan xabar berishdi.

5 sentabr kuni Toshkentda Misr prezidenti Abdulfattoh Said Husayn Xalil Al-Sisiyning O‘zbekistonga rasmiy tashrif doirasida O‘zbekiston - Misr biznes forumi va B2B shaklida kooperatsiya birjasi bo‘lib o‘tadi.

«Tadbirda ishbilarmon doira va har ikki mamlakat xo‘jalik yurituvchi korxonalar vakillari ishtirok etadi. Tadbir yakunlari bo‘yicha turizm, farmatsevtika, elektrotexnika va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli sarmoyaviy hamda savdo bitimlarini imzolash rejalashtirilgan. Bundan tashqari, biznes-forum doirasida O‘zbekistonda meva-sabzavotchilik va logistika markazini yaratish masalalari muhokama qilinadi», - deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 2018 yil 4-5 sentabr kunlari Misr Arab Respublikasi prezidenti Abdul Fattoh Said Husayn Xalil As-Sisiy rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. 

Rejalashtirilayotgan sammit davomida oliy darajada O‘zbekiston-Misr hamkorligini rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari, dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar bo‘yicha fikr almashish mo‘ljallangan.

Mavzuga oid
Top