09:57 / 05.09.2018
36474
Toshkent moliya institutiga yangi rektor tayinlandi 
Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi

Toshkent moliya institutiga yangi rektor tayinlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 sentabrdagi qarori bilan Ulug‘bek O‘ktamovich Azizov Toshkent moliya instituti rektori lavozimiga tayinlandi.

Ulug‘bek Azizov 1976 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, 1998 yilda Toshkent moliya institutini, 2007 yilda Yokogama Milliy universiteti (Yaponiya)ni tamomlagan. Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.

Bunga qadar iqtisod fanlari doktori, professor Nizomiddin Hamroyevich Haydarov 2017 yilning 23 mayidan Toshkent moliya instituti rektori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.

1991 yil prezidentning farmoniga ko‘ra Toshkent xalq xo‘jaligi institutining Moliya-kredit va hisob-iqtisod fakultetlari negizida Toshkent moliya instituti tashkil etildi.

Institut hozirgi davrda moliya, bank, soliq, sug‘urta, qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi, investitsion loyihalarni moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi, audit, menejment, kasbiy pedagogik tayyorgarlik kabi qator ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr va magistrlar tayyorlab kelmoqda.

Top