22:31 / 05.09.2018
14425

Volvo o‘zi uchuvchi avtomobil kontseptini namoyish qildi

Volvo kompaniyasi o‘zi uchuvchi avtomobil kontsepti 360c’ni namoyish qildi. Avtomobil qisqa masofalarga parvoz qilishda raqobatchilik qilishi kerak, deb ma'lum qilingan kompaniyada.   

Mashina haydovchi o‘rni, rul va tepkilarsiz bo‘lib, buning evaziga kompaniya avtomobil saloni konsepsiyasini qayta ko‘rib chiqa olgan.

Foto: Volvo
Foto: Volvo

360c uchuvchisiz avtomobildan 4 ko‘rinishda foydalanishni ko‘zda tutadi: uyqu uchun joy, mobil ofis, turar-joy xonasi yoki o‘yinlar uchun joy.

Kompaniya uchuvchisiz avtomobillar o‘z ichiga aviakompaniyalar, havo transporti vositalarini olgan ko‘p milliard dollarlik soha bo‘lgan qisqa masofalarga tashishda raqobatchilik qila olishi mumkin.  

Foto: Volvo
Foto: Volvo

Kompaniya 360c uchun uchuvchisiz avtomobillar va yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilari bilan o‘zaro ta'sirlashuv uchun universal standart yaratdi.

Foto: Volvo
Foto: Volvo

Standart transport vositasi yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilariga manyovrlari haqida xabar berish uchun tashqi tovushlar, ranglar, vizual effektlar, harakatlar hamda bu instrumentlarning kombinatsiyasini o‘z ichiga olgan. Mashina xavfsizlik tizimi yo‘l harakati ishtirokchilarini o‘z xatti-harakatlaridan xabardor qiladi, biroq  ularga nima qilish va qanday yo‘l tutishni ko‘rsatmaydi.

Mavzuga oid
Top