17:24 / 06.09.2018
11343

O‘zbekistonda aviatsiya sektori islohoti kutilyapti

Foto: Ross Parmly/Unsplash

Joriy yilning avgust oyida O‘zbekistonning Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Jahon banki guruhi milliy fuqarolik aviatsiyasi sohasini modernizatsiya qilish bo‘yicha keng qamrovli maslahat berishga yo‘naltirilgan kelishuvga erishdi. Jahon banki guruhi va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik tarixida birinchi marta Qaytarish sharti asosida maslahat xizmatlarini taqdim etish to‘g‘risidagi kelishuvga erishildi.

Jahon banki guruhi fuqarolik aviatsiya boshqarish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va uning faoliyati qator jihatlarini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar tayyorlaydi. Jumladan, bunda institutsional, moliyaviy va tashkiliy tuzilmalar ham qamrab olinadi. Shuningdek, tavsiyalar O‘zbekiston aeroportlari infratuzilmasi va ularni boshqarishni rivojlantirishga xususiy sektorni jalb etish masalalariga tegishli bo‘ladi. Bu vazifalarni amalga oshirish maqsadida, Jahon banki guruhi «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK, manfaatdor vazirlik va idoralar, shuningdek, xususiy sektor bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi.

Cheklangan o‘tkazish imkoniyati va aeroport infratuzilmasi uchun katta xarajatlar O‘zbekistonga hamda undan parvozlarni yo‘lovchilar uchun juda qimmatga tushiradi. Ushbu omillar mahalliy bozorda xorijiy aviatashuvchilarning paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi. 2010 yildan buyon O‘zbekistonning havo transporti sohasi yiliga atigi 2 foizga o‘sib bordi. Bu ko‘rsatkich qo‘shni mamlakatlar bilan taqqoslaganda, mintaqadagi eng past ko‘rsatkichdir. Taqqoslash uchun, Qozog‘istonda havo transporti sektori yiliga 10 foizga o‘sdi. O‘zbekistonda 15ta xalqaro aviatashuvchi faoliyat ko‘rsatmoqda. Biroq, MAK mamlakatdagi yo‘lovchilar oqimining 75 foiziga xizmat ko‘rsatadi.

«Fuqaro aviatsiyasi sohasi iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish va mamlakat sayyohlik salohiyatini ochib berishdagi roli hisobga olinib, O‘zbekiston hukumati uchun ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Juda ko‘plab mamlakatlar uchun viza rejimi bekor qilinishi bilan turizm sanoatining o‘sishi kutilmoqda. Shuningdek, mamlakat xalqaro savdodagi to‘siqlarni bartaraf etyapti. Biroq hozirgi vaqtda havo tashuvlarining amaldagi hajmi fuqaro aviatsiyasi sohasida raqobatning yo‘qligi tufayli o‘sib borayotgan talabni qondira olmaydi», - deya ta'kidlab o‘tdi Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Xideki Mori. «Jahon banki guruhi va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida Qaytarish sharti asosida maslahat xizmatlarini taqdim etish to‘g‘risidagi kelishuv mamlakat rahbariyatining fuqarolik aviatsiyasi sektorini xalqaro standartlarga muvofiq boshqarish bo‘yicha qat'iy niyatidan darak beradi».

Top