12:37 / 07.09.2018
18868
Halol taksichi unutib qoldirilgan 25 ming dollarlik uzukni qaytarib berdi
Kadr: SBS / YouTube

Taksi haydovchisi Avstraliyaning Pert shahrida 25 ming Avstraliya dollari qiymatidagi nikoh uzugini topishda yordam berdi. Bu haqda SBS xabar qilmoqda.

Taksini hindistonlik talaba, Avstraliyani almashinuv dasturi bo‘yicha kelgan hamda bo‘sh vaqtida taksi haydab pul ishlab topgan Singx Dillon (Singh Dhillon) boshqargan. U Tomas Karltonni (Thomas Carlton) manziliga olib borib qo‘ygan, biroq erkak shoshgani tufayli mashinada o‘z uzugini unutib qoldirdi.

Karlton uzugi yo‘qolganini keyinroq payqadi va u qayerda g‘oyib bo‘lganini o‘ylab boshi qotgan. U bir necha joyni tekshirib ko‘rdi, ammo uzuk topilmagan. «Bu falokat bo‘lishi mumkin, chunki sug‘urta aynan bir kun oldin tugagandi», - deydi erkak.

Barcha g‘oyalardan mahrum bo‘lib, u taksoparkka qo‘ng‘iroq qilgan. Uning iltimosiga ko‘ra, dispetcher maxsus xabar tarqatdi va uni Dillon ko‘rib qolgan. Haydovchi mashinani tekshirib, yo‘qolgan uzukni topdi va egasiga olib borib berdi. Karlton bundan xursand bo‘lib, pul taklif qildi, Dillon mukofotni rad etganida esa, cho‘ntagiga 50 dollar solib qo‘ydi.

Taksi haydovchisining tushuntirishicha, u faqat o‘z ishini qilgan. «Meni narx qiziqtirmaydi, chunki menga tegishli bo‘lmagan narsalarni qaytarish mening burchim», - deydi u. 

Top