18:40 / 07.09.2018
14843

Yaponiya kompaniyasi Yerdan koinotgacha olib chiquvchi lift qurmoqchi

Yaponiyaning Obayashi Corporation kompaniyasi 11 sentabr kuni orbitaga kosmik liftning dastlabki sinov modelini olib chiqadi. Kompaniya samoga ikkita kichik sun'iy yo‘ldoshni uchiradi. Ularni uzunligi 10 metrli po‘lat tros bir-biriga bog‘lab turadi. Sinov orqali koinotga lift o‘rnatish mumkinmi degan savolga javob izlanadi.

                                        

Liftning o‘zini qurish 2050 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, u 36 ming kilometr balandlikka 100 tonnagacha yukni olib chiqishi mumkin. Orbitagacha yetib borish uchun sakkiz kun yo‘l bosiladi. 

Mazkur loyihadagi asosiy muammo xomashyodir. Lift kabelini uglerodli nanoquvurlardan tayyorlash rejalashtirilmoqda. Olimlar hozircha bunday kabellar liftni ko‘tara olishiga aniq ishonch hosil qilganlaricha yo‘q.

Mavzuga oid
Top