10:08 / 07.09.2018
59904
GM Uzbekistan 29 mingdan ortiq avtomobilni sotuvga qo‘ydi
Foto: kommersant.uz

«GM Uzbekistan» AJ sentabr oyida shartnoma tuzadigan xaridorlarga noyabr oyida avtomobil olish uchun 29314 dona shartnomalar mavjudligini ma'lum qildi. 

Qayd etilishicha, shundan – 3 523 dona «Damas», 680 dona «Labo», 108 dona «Matiz», 2 145 dona «Spark», 7 889 dona «Neksiya», 8 173 dona «Kobalt», 5 522 dona «Lasetti», 996 dona «Malibu», 278 dona «Captiva».

Har bir mijoz «GM Uzbekistan» AJ saytida kunlik tuzilgan shartnomalar ro‘yxatini tekshirib borishi, shuningdek avtosalonlarda shartnoma tuzish uchun mavjud avtomobillar ro‘yxati bilan modellar va dilerlik korxonalar kesimida tanishib borishi mumkin, deyiladi xabarda.

Barcha ma'lumotlar kunlik tarzda yangilanib boriladi va kelasi kunning soat 09:00gacha faol sanaladi. Dilerlik korxonalarida mavjud avtomobillar kun davomida shartnoma tuzilgan avtomobillarga qarab o‘zgarib borishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq GM Uzbekistan mexanik uzatmali «Spark» ishlab chiqarishni 3 barobarga oshirishi xabar qilingandi.

Top