08:55 / 07.09.2018
7040

Gulistonda tramvay qatnovini yo‘lga qo‘yish taklif etildi

Foto: KUN.UZ

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida tramvay transportini tashkil qilish haqida petitsiya paydo bo‘ldi.

“Bizning Guliston shahrida jamoat transporti talabga javob bermaydi. Hozirda Guliston shahrida mavjud yagona jamoat transporti bu — avtobuslar. Avtobuslar orqali yo‘lovchi tashish tizimi ancha eskirgan”, - deyiladi murojaatda. 

Qayd etilishicha, avtobuslar qatnovi orasidagi kutish vaqti belgilangan, ammo nazorat qiladigan tashkilot bir necha yillardan beri sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgani va bekatlar umuman ishlamayotgani salbiy holatlarni yuzaga keltirmoqda. 

“Jamoat transportini rivojlantirish uchun jamoat transporti turlarini ko‘paytirish, tramvay transporti tizimini yaratishni taklif qilamiz. Buning uchun Guliston shahridagi mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish zarur”, - deb yozadi petitsiya muallifi.

Bildirilishicha, Guliston shahrida juda katta qurilish ishlari olib borilayotgan bir paytda tramvay transporti tizimining bunyod etilishi shahar jamoat transporti tizimini sezilarli darajada yaxshilaydi.

Top