21:19 / 07.09.2018
11024

Qirg‘izistonda 2018 yil boshidan buyon eng ko‘p ro‘yxatdan o‘tgan xorijliklar O‘zbekiston fuqarolari bo‘ldi

Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tayotgan III Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yini davomida aholiga xizmat ko‘rsatish mobil markazlariga 150 nafar xorijlik murojaat qildi, deb xabar berdi Qirg‘iziston davlat ro‘yxatga olish xizmati.

Ma'lumot berilishicha, ro‘yxatdan o‘tkazish xizmatiga kuniga 25 nafarga yaqin xorij fuqarosi murojaat qiladi hamda ularning aksariyat qismini o‘zbekistonliklar tashkil etadi. 


2018 yil sentabr oyiga bo‘lgan holatga ko‘ra, yil boshidan buyon Qirg‘izistonda 339 ming nafar xorij fuqarosi ro‘yxatdan o‘tgan. Ro‘yxatdan o‘tgan xorijliklarning eng katta qismi O‘zbekiston fuqarolaridir – 193 037 kishi. Keyingi o‘rinda 102 mingdan ortiq fuqarosi ro‘yxatdan o‘tgan Rossiya joylashgan. Uchinchi o‘rindagi Xitoyning 18 ming 700dan ortiq fuqarosi Qirg‘izistonda ro‘yxatdan o‘tgan. 

Aholiga xizmat ko‘rsatish mobil markazlari sayyohlar joylashgan maskanlarda ro‘yxatga olish ishlari bilan shug‘ullanadi.

Top