16:56 / 07.09.2018
11611

Surxondaryodagi ziyoratgohda o‘g‘irlik sodir etildi

Foto: KUN.UZ

Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida 4 sentabr kuni Boysun tumanida yashovchi M.A. “Xojaipok ota” ziyoratgohida joylashgan cho‘milish suv havzasining kiyim yechinish xonasida qarovsiz qoldirilgan tanishi A.X.ga tegishli kiyimi cho‘ntagidan “Samsung” mobil telefonini o‘g‘irlab ketgan. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida M.A. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top