21:30 / 08.09.2018
12587

Rojyer Federer sportdagi kumiri kimligini ma'lum qildi 

FOTO : TASS / Gareth Fuller

Dunyoning sobiq birinchi raqamli erkak tennischisi Rojyer Federer hamisha afsonaviy basketbolchi Maykl Jordanning yutuqlaridan hayratlanishini aytdi.

“Uning sportdagi uzoq faoliyati, g‘alaba qozonishga ishtiyoqi va bosimni yenga olishi meni hamisha hayratlantirgan. Jordan sportning jamoaviy turida ishtirok etgan, biroq har o‘yinda haqiqiy yetakchi bo‘lgan va sheriklarini ilhomlantirgan. U hamisha sportdagi qahramonim bo‘lgan. 

Tennis haqida gapiradigan bo‘lsam, mening kumirlarim Stefan Edberg va Born Borg, biroq umuman sportda Maykl Jordan hisoblanadi. Men “Chikago Bullz” muxlisi bo‘lmaganman, men faqatgina Jordan uchungina muxlislik qilganman. U ko‘p jihatdan meni ilhomlantirgan”, deb aytdi Federer.

37 yoshli Federer yakka tartibda “Katta dubulg‘a” seriyasiga kiruvchi 20 ta musobaqa va Pekindagi Olimpiada g‘olibi hisoblanadi. U 98 ta musobaqada g‘alaba qozongan va jahon reytingining birinchi pog‘onasini uzluksiz uzoq egallash bo‘yicha rekordchi hisoblanadi.

Mavzuga oid
Top