20:39 / 08.09.2018
17151

Toshni teshgan tomchilar: Hayot sizga xizmatkor

Hayotga eng yaxshi javob undan foydalanishdir.

YouTube’da ko‘rish

Audio versiyasini tinglash

Deylik ixtiyoringizda barcha yumushlarngizni bajaradigan xizmatkor bor. Siz undan o‘z maqsadlaringiz yo‘lida foydalanishingiz, unga faqat buyruq berishingiz mumkin. Ammo unga egalik huquqini bermaysiz. Unga hisobot topshirmaysiz. Faqat undan to‘g‘ri foydalana olsangiz bas. Olloh taolo bizlarga dunyo hayotini xizmatkor qilib  berdi. Bilingki, bu dunyoda qaysidir narsa ko‘zimizni quvnatib, o‘zi bilan bizlarni mashg‘ul qilsa, ana o‘sha dunyo hayotining tutgan yo‘lidir. Siz ham o‘sha yo‘lda bo‘lsangiz,  demak, hayot sizga emas, siz hayotga xizmatkorsiz. 

Hayot beshafqat. U xizmatkorini ayamaydi. Hayot sizni to tubanlik girdobiga tashlamaguncha, xotirjam bo‘lmaydi. Hayotdan to‘g‘ri foydalanishingiz – hayotga beriladigan javobdir!  Bas, to‘g‘ri yashashga o‘rganing. Yodingizda tuting, siz hayotga emas, hayot sizga xizmatkor. 

Hayot imtihondir. Natija haqqoniy bo‘lishini istasangiz, tayyorgarlikni ham haqqoniy qiling. Imtihon mashg‘ulotlaridan – ibodatlardan qochmang. Ertaga, imtihon topshirish paytida hammaning oldida yiqilishni ko‘z oldingizga keltiring.  Mashg‘ulotni – ibodatni qancha ko‘paytirsangiz, yakka-yu yagona hakam – Ollohning huzurida yuzingiz yorug‘ bo‘ladi.

Zahiriddin Mansur

Mavzuga oid
Top