07:50 / 09.09.2018
21677

Abxaziya bosh vaziri avtohalokat oqibatida hayotdan ko‘z yumdi 

Foto: Sputnik

Abxaziya bosh vaziri Gennadiy Gaguliya 8 sentabr kechki vaqt sodir bo‘lgan avtohalokat oqibatida hayotdan ko‘z yumdi. Gaguliya 71 yoshda bo‘lgan. Bu haqda Abxaziya vazirlar mahkamasi matbuot kotibi Diana Zantariya ma'lum qilgan.  

Uning ma'lum qilishicha, Gaguliya shifoxonaga borish yo‘lida hali tirik bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, Gaguliya ketayotgan hukumat korteji Sochidan Abxaziyaga yo‘l olayotgan bo‘lgan. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida Gaguliyaning haydovchisi va tansoqchisi ham jabr ko‘rgan, biroq jiddiy jarohat olishmagan. 

YTH haqida ma'lumot taxminan soat 23.10da olingan. Taxminlarga ko‘ra, boshqa mashina bosh vazir mashinasi bilan to‘qnashib ketgan. To‘qnashuvga Xajarat Tarsman ismli haydovchi sabab bo‘lgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, YTH sababchisi narkotik modda ta'siri ostida bo‘lgan. 

Gaguliya Abxaziya vazirlar mahkamasini 2018 yil apreldan boshqarib kelgan. U bu lavozimni 1995-1997 va 2002-2003 yillarda ham egallagan.

Abxaziya hukumati saytida ma'lum qilinishicha, Gaguliya o‘limidan oldin Suriyaga rasmiy tashrif bilan borgan.

Top