22:27 / 09.09.2018
16168

Maqom-2018: Viloyatlarning pazandachilik san'ati namoyish etildi

Ayni kunlarda Shahrisabz shahrida I Xalqaro Maqom festivali bo‘lib o‘tmoqda. Unda turli viloyatlardan tashrif buyurgan ishtirokchilar ham qatnashmoqda. Ular tomonidan berilayotgan konsert dasturlari va turli amaliy ko‘rgazmalar mehmonlarni xursand etmoqda. 

9 sentabr, yakshanba kuni Maqom bayrami o‘tayotgan maydonga kechagiga nisbatan uch baravar ko‘p mehmon tashrif buyurdi. Aniq raqamlarga tayanadigan bo‘linsa, bugungi tantanalarni tamosha qilish uchun 200 mingdan ziyod kishi tashrif buyurgan. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov KUN.UZ'ga bergan ma'lumotida shunday dedi:

“Bayramga nafaqat Qashqadaryodan balki respublikamizning eng uzoq hududlaridan ham mehmonlar tashrif buyurishgan. Ayni paytda juda ko‘p mehmonlar maza qilib sayr qilishmoqda. Buni ularning yuz-ko‘zidan ham anglasa bo‘ladi. Festivalda viloyatlardan kelgan mehmonlar o‘zlarining pazandachilik san'atini ham namoyish etishmoqda. Bu, ayniqsa, bugun keng ko‘lamda namoyon bo‘ldi. Shahrisabzdagi eski bozor hududida bu chiqish ham kishilarda o‘zgacha taassurot qoldirdi”.

Shuni alohida ta'kidlash lozimki, Shahrisabzning tarixiy qismi joylashgan maydon 87 gektar bo‘lsa, shundan 51 gektarida festival hududi tashkil etilgan.

Top