01:55 / 10.09.2018
9325

Millatlar Ligasi. Fransiya Niderlandiyani kichik farq bilan yengdi

Foto: Reuters

Millatlar Ligasi 2-turining navbatdagi o‘yinlari o‘tkazildi. 

Fransiya terma jamoasi Niderlandiya ustidan kichik farq bilan g‘alaba qozondi. "Stad de Frans"da kechgan o‘yin 2:1 hisobida maydon egalarining foydasiga hal bo‘ldi. 

14-daqiqada Mbappe fransuzlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 67-daqiqada Babel oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. Mezbonlarga g‘alaba keltirgan gol 74-daqiqada Jiru tomonidan kiritildi. 

Fransiya – Niderlandiya 2:1 (1:0, 1:1)

Gollar: 1:0 – 14 Mbappe, 1:1 – 67 Babel, 2:1 – 74 Jiru.
Fransiya – Areolya, Varan, Lyuka Ernandes (Mendi, 62), Pavar, Umtiti, Kante, Pogba, Matyuidi, Grizmann (Nzonzi, 81), Jiru (Dembele, 89), Mbappe.
Niderlandiya – Sillessen, van Deyk, Blind, Tete (Yanmat, 82), de Ligt, Babel (de Yong, 88), de Yong, Depay, Propper, Promes (Vormer, 76), Veynaldum.
Ogohlantirishlar: Grizmann (56), Pavar (80).

Kipr – Sloveniya 2:1 (0:0, 2:1)

Gollar: 0:1 – 54 Berich, 1:1 – 69 Soteriu, 2:1 – 89, avtogol Stoyanovich.
Kipr – Panagi, Layfis, Kusulos, Ioannu (Margasa, 67), Artimatas, Kiryaku, Efrem (Merkis, 90), Demetriu, Papulis, Soteriu, Kastanos (Rushias, 60).
Sloveniya – Belets, Mevlya, Blajich, Yokich, Stoyanovich, Kurtich (Shtulats, 77), Dervishevich, Zayts, Chrnigoy, Verbich (Bezyak, 46), Berich (Shporar, 83).
Ogohlantirishlar: Blajich (42), Artimatas (72), Yokich (79), Zayts (80), Dervishevich (90).

Lixtenshteyn – Gibraltar 2:0 (1:0, 1:0)

Gollar: 1:0 – 32 Salanovich, 2:0 – 72 Vizer.
Lixtenshteyn – Byuxel, Vizer, Geppel, Kaufmann, Xasler, Mayyer (Kiber, 89), Volfinger (Kyune, 74), Zele, Gubser (Yyldyz, 82), Salanovich, Kvintans.
Gibraltar – Golduin, Chipolina, Pons (Garro, 46), Barnett, Olivero, Sardjyent, De Barr (Staych, 71), Uoker, Bardon, Ernandes, Kassiaro.
Ogohlantirishlar: Salanovich (30), Volfinger (40), De Barr (54), Sardjyent (72), Staych (84), Vizer (90).

Top