17:07 / 10.09.2018
7074

Motopoygachi raqibi mototsiklining tormozini bosgani uchun chetlashtirildi

Foto: MotoGP

Motopoygachi Romano Fenatti motopoygalar bo‘yicha San-Marino Gran-prisining Moto2 sinfida motopoygalar bo‘yicha jahon chempionati 13-bosqichi chog‘ida professional sportchilarga xos bo‘lmagan tarzda o‘zini tutgani uchun diskvalifikatsiya qilindi.

Vaziyat shundan boshlandiki, Stefano Mantsi 12-o‘rin uchun kurashda Fenattini trassadan tashqariga chiqarib yubordi va o‘zi ham trayektoriyadan chiqib ketdi, natijada har ikki poygachi ko‘plab pozitsiyalarni yo‘qotdi.

Shundan so‘ng Fenatti asosiy to‘g‘ri yo‘lda Mantsi bilan tenglashib oldi va raqibining old tormozi dastasini bosdi, shu sababdan ham qora bayroq ko‘rsatildi.

Shuningdek, Mantsi ham jazolandi - u keyingi poyga startida oltita pog‘onani yo‘qotdi.

 

Top