12:10 / 10.09.2018
20339

Toshkentda “Mersedes”da uyidan chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan haydovchi qidirilmoqda

Joriy yilning 9 sentabr kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yashovchi Feruza Isroilova IIBga murojaat qilib, shu yil 2 sentabr kuni o‘g‘li Bositxo‘ja Bahodirov boshqaruvidagi “Mersedes-Bents” rusumli avtomashinada uyidan noma'lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolganligini ma'lum qilgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

B.Bahodirovni qidirib topish choralari ko‘rilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“O‘z o‘rnida, fuqarolarimiz Bositxo‘ja Bahodirov va uning boshqaruvidagi avtomashina haqida biron-bir ma'lumotga ega bo‘lsa, ichki ishlar organlarining hududiy bo‘linmalariga borib yoki “102” telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishingizni so‘raymiz”, - deyiladi xabarda.

Top