23:12 / 11.09.2018
26107

Atrofimizdagi olam haqida g‘aroyib ma'lumotlar

Atrofimizdagi olam qiziq va murakkab. Biz uchun odatiy bo‘lgan buyumlar g‘aroyib kelib chiqish va tushuntirishga ega bo‘lishi mumkin. Keling, ilm-fanga sho‘ng‘iymiz va odam, tabiat va boshqa ko‘p narsalar haqida bilamiz.

Foto: Pixabay

Ko‘zlar po‘stog‘ining to‘q rangi dominant belgi hisoblanadi. Shuning uchun jigarrang ko‘z sohiblari ko‘pchilikni tashkil qiladi. Agar ota-onadan birining ko‘z rangi to‘q bo‘lsa, bola to‘q ko‘zli bo‘lib tug‘ilishi ehtimoli katta.

Muayyan balandlikda inson qoni qaynashi mumkin. Bu juda past bosim bilan izohlanadi. Bu chegara 19 200 ming metr balandlikda joylashadi va Armstrong chegarasi deb nomlanadi.

Odam suyaklari tuzilishiga ko‘ra koral (marjon)ga o‘xshash.

Foto: Pixabay

Bir xil mahsulotlarning ta'mi biroz vaqt o‘tgach o‘zgacha bo‘lishini sezganmisiz? Gap shundaki, ta'm retseptorlarimiz 10 kun ichida yangilanadi va bir xil ta'mga turlicha reaksiya qiladi.

Kapillyarlardagi qon tezligi soatiga 1 metrni tashkil qiladi, aslida yurakning o‘zida soatiga 1,6 kilometrga yetadi.

Nima uchun qor sekin tushadi? Ularning nazokati yengilligi bilan izohlanadi. Axir uning 95 foizi havodan iborat.

Kamalak yorug‘lik sinishi hisobiga ana shunday go‘zal va rang-barang. Havodagi mitti tomchilar orqali o‘tib, u kamalakdagi barcha ranglarda jilolanadi.

Foto: Pixabay

Neft to‘g‘risida yangiliklar orqali eshitasiz. U qanday paydo bo‘lganini bilasizmi?  Neft milliard yil avval yashagan plankton  (dengiz va daryolarda yashaydigan, suv oqimi bilan harakat qiluvchi hayvonlar va o‘simliklardan iborat organizmlar dunyosi)ning chirishi natijasidir.

Odatiy yer qatlami yorug‘likning bor-yo‘g‘i 15 foizini aks ettiradi. Qor esa 90 foizni aks ettira oladi.

Kundalik hayot

Nima uchun zararli shirin gazli suv bizda tobora ko‘proq ichish istagini uyg‘otadi? Gap ularning tarkibidagi shirin moddalarda: u chanqoqni qondirmaydi. Aksincha, yana ko‘proq chanqatadi.

Foto: Pixabay

Tuxumni chaqmay, uning yangiligini qanday aniqlash mumkin? Uni suvga soling: aynigan tuxum unda gaz hosil bo‘lgani hisobiga suv yuzasiga chiqadi.

Top