02:05 / 11.09.2018
16544

Millatlar Ligasi. Ronaldusiz Portugaliya Italiyani mag‘lub etdi

Foto: Getty Images

Millatlar Ligasi 2-turining navbatdagi o‘yinlari o‘tkazildi. 

Portugaliya terma jamoasi o‘z maydonida Italiyani qabul qilib, kichik hisobda g‘alaba qozondi. 

O‘yindagi yagona gol 48-daqiqada Andre Silva tomonidan kiritildi. 

Turkiya terma jamoasi esa Shvetsiya maydoniga safar qilib, qiyin g‘alabaga erishdi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv 2:3 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo‘ldi. 

 

A guruhi

Portugaliya – Italiya 1:0 (0:0, 1:0)

Gol: 1:0 – 48 Andre Silva.
Portugaliya – Ruy Patrisiu, Pepe, Mariu Ruy, Joau Kanselu, Diash, Vilyam Karvalyu (Serjiu Oliveyra, 86), Ruben Nevesh, Bernardu Silva, Pitstsi (Sanshesh, 74), Bruma (Jyelson Martinsh, 77), Andre Silva.
Italiya – Donnarumma, Romanoli, Kaldara, Krishito (Emerson, 74), Kristante (Belotti, 79), Ladzari, Bonaventura, Jorjino, Keza, Dzadza, Immobile (Berardi, 59).
Ogohlantirishlar: Krishito (42), Ruben Nevesh (42), Keza (58), Berardi (69), Pepe (90).

B guruhi

Shvetsiya – Turkiya 2:3 (1:0, 1:3)

Gollar: 1:0 – 34 Telin, 2:0 – 49 Klasson, 2:1 – 51 Chalxanoglu, 2:2 – 88 Akbaba, 2:3 – 90 Akbaba.
Shvetsiya – Olsen, Yansson, Augustinsson, Lyustig (Kraft, 79), Lindelef, Ekdal (Xilemark, 56), Durmaz (Roden, 71), Klasson, Larsson, Telin, Berg.
Turkiya – Bolat, Seyundjyu, Ayxan, Chelik, Bayram, Topal (Akbaba, 62), Yokushlu, Oz'yakup, Under (Gyurler, 77), Chalxanoglu (Malli, 86), Tosun.

 

Qolgan o‘yinlarda quyidagi natijalar qayd etildi: 

C guruhi

Shotlandiya – Albaniya 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 47, avtogol Gimshiti, 2:0 – 68 Neysmit.

Serbiya – Ruminiya 2:2 (1:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 26 Mitrovich, 1:1 – 48, penalti Stanchu, 2:1 – 63 Mitrovich, 2:2 – 68 Tsukudyan.

Chernogoriya – Litva 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 34, penalti Savich, 2:0 – 36 Yankovich.

D guruhi

Andorra – Qozog‘iston 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 0:1 – 68 Logvinenko, 1:1 – 85 Alaes.

Kosovo – Farer orollari 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 50 Zeneli, 2:0 – 55 Nuxiu.

Malta – Ozarboyjon 1:1 (1:1, 0:0)
Golovp: 1:0 – 10, penalti Adjius, 1:1 – 26 Xalilzade.

Top