08:20 / 11.09.2018
15537

Rahmon Tojikistonda 27 yil davomida qashshoqlik darajasi qanchaga pasayganini aytdi

Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati

Tojikistonda davlat mustaqilligining 27 yili mobaynida qashshoqlik darajasi 81%dan 28%gacha tushdi. Bu haqda 9 sentabr ushbu davlat rahbari Imomali Rahmon fuqarolarga bayram tabrigida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda TojikTA.

«Mustaqillikning yigirma yetti yili davomida hukumat tomonidan qabul qilingan chora-tadbirlar natijasida qashshoqlik darajasi 81 foizdan 28%ga tushdi hamda biz 2030 yilga borib bu ko‘rsatkichni 15%ga yetkazmoqchimiz», - deya ta'kidlab o‘tdi davlat rahbari Tojikiston Mustaqillik kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrigida.

«Bugungi kunda 2016-2020 yillarga mo‘ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning o‘rta muddatli dasturi doirasida biz Tojikistonni agrar-sanoat davlatdan industrial-agrar mamlakatga aylantirish uchun zarur zamin yaratmoqdamiz», - deya ta'kidlab o‘tdi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yo‘nalishda kerakli choralar ko‘rilmoqda - yangi quvvatlar ishga tushirilmoqda, raqobatbardosh va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda, mavjud resurslardan samarali foydalanilmoqda, mamlakatning eksport salohiyati mustahkamlanmoqda va yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Tojikistonning yo‘lovchi va yuk poyezdlariga imtiyozlar taqdim etgandi.

Top