01:52 / 12.09.2018
19328

Millatlar Ligasi. Ispaniya Xorvatiya darvozasiga javobsiz 6ta gol urdi

Foto: Reuters

Millatlar Ligasi 2-turining navbatdagi o‘yinlari o‘tkazildi. 

Ispaniya terma jamoasi Xorvatiyani qabul qilib, yirik hisobda g‘alaba qozondi – 6:0.

Saul, Asensio, Rodrigo, Ramos hamda Isko 1tadan gol urgan bo‘lsa, yana bir golni Xorvatiya posboni Kalinich o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi. 

Belgiya terma jamoasi esa safarda Islandiya bilan kuch sinashib, 3:0 hisobida yirik hisobda g‘alaba qozondi. 

Azar o‘z hisobiga 1ta gol yozib qo‘ygan bo‘lsa, Lukaku dubl qayd etdi. 

Ispaniya – Xorvatiya 6:0

Gollar: 1:0 – 24 Saul, 2:0 – 33 Asensio, 3:0 – 35, avtogol Kalinich, 4:0 – 49 Rodrigo, 5:0 – 57 Ramos, 6:0 – 70 Isko.
Ispaniya – De Xea, Nacho, Gayya, Karvaxal (Aspilikueta, 75), Ramos, Sebalos, Buskets (Rodri Ernandes, 59), Asensio, Saul (Alkantara, 65), Isko, Rodrigo.
Xorvatiya – Kalinich, Mitrovich, Pivarich, Vrsalko (Rog, 20), Vida, Rakitich, Brozovich (Pyatsa, 62), Modrich, Kovachich, Perishich, Santini (Livaya, 71).
Ogohlantirishlar: Santini (12), Brozovich (39).

Islandiya – Belgiya 0:3

Gollar: 0:1 – 29, penalti Azar, 0:2 – 31 Lukaku, 0:3 – 81 Lukaku.
Islandiya – Xalldoursson, Ingason, Sigurdsson, Magnusson, Skulason (Paulsson, 80), Xadlvredsson (Traustason, 84), Byarnason, Sigurdsson, Siguryonsson, Sevarsson, Bedvarsson (Sigtorsson, 71).
Belgiya – Kurtua, Kompani, Vertongen, Mene, Alderveyreld, Tilemans (Dembele, 80), Ferreyra Karrasko (Shadli, 70), Vittsel, Azar (Azar, 89), Mertens, Lukaku.
Ogohlantirish: Sevarsson (55).

San-Marino – Lyuksemburg 0:3
Gollar: 0:1 – 9 Shano, 0:2 – 45 Joakim, 0:3 – 52 Sinani.

Moldova – Belarus 0:0

Finlyandiya – Estoniya 1:0
Gol: 1:0 – 12 Pukki.

Vengriya – Gretsiya 2:1
Gollar: 1:0 – 15 Shallai, 1:1 – 18 Manolas, 2:1 – 42 Klyaynxaysler.

Bosniya va Gertsegovina – Avstriya 1:0
Gol: 1:0 – 78 Jyeko.

Top