15:15 / 12.09.2018
83167

Jigarning kutilmagan «dushmanlari»

Jigar ko‘plab alohida hujayralar, gepatotsitlardan tashkil topgan. Har bir bunday hujayra - kichik "kimyoviy laboratoriya" bo‘lib, u organizmga tushuvchi barcha zararli moddalar va zaharlarni zararsizlantiradi. "Zdorove s Yelenoy Malyshevoy"da jigarning kutilmagan "dushmanlari" haqida ma'lumot berildi.

Shakar

Shakar nafaqat tishlar, balki jigar uchun ham zararlidir. Tadqiqotlarda shakar jigar uchun alkogol kabi zararli bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatilmoqda. Gap shundaki, shakar tarkibida fruktoza mavjud bo‘lib, jigar uni yog‘ga aylantiradi. Agar yegulikda shakar haddan tashqari ko‘p bo‘lsa, u holda jigar yog‘ga to‘lib ketadi va sustroq ishlay boshlaydi. Bu esa shirinliklar, pishiriqlar va gazli ichimliklarni cheklash uchun yana bir sababdir.

Dorivor o‘simliklardan tayyorlangan preparatlar

Dorivor o‘simliklardan tayyorlangan preparatlar ko‘pchilik o‘ylagandek xavfsiz emas. Masalan, kavadan tayyorlangan preparat jigarning normal faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, gepatit keltirib chiqaradi va umuman jigarga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ba'zi mamlakatlarda bunday dori vositalari taqiqlangan. Har qanday o‘simlikdan tayyorlangan dori vositalarini qabul qilishdan avval albatta shifokor bilan maslahatlashing.

Foto: Pixabay

Semizlik

Semizlikda yog‘ nafaqat bel atrofida, balki jigar hujayralarida ham to‘planib qoladi. Jigar o‘lchamlari kattalashadi va ba'zan normal hujayralar chandiqli to‘qimalarga almashadi, bu esa jigar tserroziga olib keladi. O‘rta yoshli kishilarga eng ko‘p semizlik va diabet xavf soladi. Jigarni davolash uchun dorilarning o‘zigina yordam bermaydi: to‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy mashqlargina kasallikni bartaraf etishga qodir.

A vitaminining me'yordan ortishi

Tuxum, sut, sarxil qizil, apelsin va sariq rangli mevalarda A vitamini ko‘p. Shu bilan birga, tabletka va drajye shaklidagi vitaminlar ham keng tarqalgan: ular ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi, suyaklar va immunitetni mustahkamlaydi. Biroq A vitaminining me'yordan ortiq (sutkasiga 3000 mkg'dan ortiq) bo‘lishi jigar uchun zararlidir.

Foto: Pixabay

Shubhali tatular

Agar sizga har bir mijozdan keyin jihozlari sterilizatsiya qilinadigan sertifikatsiyali salonda tatu yoki pirsing qilinsa, virusli gepatit yuqtirishdan qo‘rqmasa ham bo‘ladi. Biroq jihozlar keraklicha qayta ishlanmasa, xavf ko‘p karra oshadi. Gepatit viruslari bemorning qoni bilan birga o‘tib, bedavo kasallikka olib kelishi mumkin.

Gazli ichimliklar

Jigarini yog‘ bosgan odamlarning 80 foizi kuniga kamida ikki banka gazli ichimlik iste'mol qiladi. Ularning parhezli ichimlik yoki parhezsiz ekanligi ahamiyatsiz - jigar kasalligining rivojlanishida nafaqat shakar, balki boshqa komponentlarning ham hissasi bor. Masalan, ba'zi olimlar sun'iy ta'm beruvchilarga ham shubha bilan qarashmoqda.

Foto: Depositphotos

Trans-yog‘lar

Trans-yog‘lar chips va shu kabi mahsulotlar tarkibidagi zararli yog‘lardir. Trans-yog‘larni suiste'mol qilish nafaqat semizlik, balki jigarda yog‘larning to‘planishi va keyinchalik sirrozning kelib chiqishiga olib keladi.

Mavzuga oid
Top