08:59 / 13.09.2018
5959

Chexiya Isroildagi elchixonasini Al-Qudsga ko‘chirishga qaror qildi  

Foto: AFP

Chexiya rahbariyati mamlakatning Isroildagi elchixonasini Tel-Avivdan Al-Qudsga ko‘chirishga qaror qildi. 

“Umid qilamanki, Chexiya elchixonasining Tel-Avivdan Al-Qudsga ko‘chirilishi 3 bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi qadam Al-Qudsda keyingi oyda faxriy konsullik ochilishi bo‘ladi”, deb aytgan Chexiya prezidenti Milosh Zeman.

Zemanning aytishicha, keyingi bosqichlarda Al-Qudsga Chexiyaning investitsiya, savdo va turizmni ilgari surish bo‘yicha davlat muassasalari vakolatxonalari ko‘chiriladi. 

Elchixonaning ko‘chirilishi qarori prezident Zeman, Chexiya bosh vaziri Andrey Babish, parlament quyi palatasi raisi Radek Vondrachek, tashqi ishlar va mudofaa vazirlari  ishtirokidagi yig‘ilishda qabul qilingan.

Bu orada Paragvay Isroildagi elchixonasini Al-Qudsga ko‘chirish qarorini bekor qildi. Bunga javoban Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Isroilning Paragvaydagi elchixonasi yopilishiga ko‘rsatma bergan.

Joriy yilning 14 may kuni Al-Qudsda AQSh, 16 may kuni esa Gvatemala elchixonalari ochilgandi.

Mavzuga oid
Top