18:40 / 13.09.2018
11284
Qonunchilik palatasi spikeri sifatida ishlagan Dilorom Toshmuhamedova “Oila” markazi direktoriga aylandi
Foto: Flickr

Dilorom G‘ofurjonovna Toshmuhamedova Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markaziga direktor, Dildora Mirsabitovna Karimova va Dilbar Magribjanovna Alimjanova ushbu markaz direktor o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.
 
“Oila” markazi oila institutini mustahkamlash va rivojlantirish, jamiyatda zamonaviy namunali oila mezonlarini joriy etish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni tashkil etish va o‘tkazish sohasida respublikaning yetakchi ilmiy-tadqiqot ekspert muassasasi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Dilorom Toshmuhamedova O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri bo‘lgan. Ma'lumoti bo‘yicha shifokor. 1984 yilda Toshkent Davlat tibbiyot institutini va 2003 yilda Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan.

Mavzuga oid
Top