17:30 / 14.09.2018
7959

Beeline «MUIC rezidenti» loyihasini ishga tushirdi

2018 yil 14 sentabr, Toshkent. Eng yirik aloqa operatori Beeline Mirzo Ulugbek Innovation Center bilan birgalikda tashkil etilgan «MUIC rezidenti» loyihasining taqdimotini o‘tkazdi.

Foto: Beeline 

14 sentabr juma kuni Xalqaro biznes markazida MUIC vakillari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida Beeline data-markazi va «MUIC rezidenti» tarif rejasi taqdim etildi.

Voqeani sharhlar ekan, Unitel MChJ axborot texnologiyalari bo‘yicha direktori Yevgeniy Kogay shunday dedi: “Bizning IT-strategiyamiz o‘sib borayotgan biznes uchun ishonchli yuqori texnologiyalar uchun qulay shart-sharoitlarni ta'minlash, hisoblash resurslarini birlashtirish, ulardan foydalanish xarajatlarini qisqartirish, chidamlilikni oshirish va IT infratuzilmasini boshqarishni markazlashtirishga qaratilgan. Shu nuqtai nazardan, data-markazning qurilishi muhim ahamiyat kasb etdi. Ushbu loyihaning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri birinchi navbatda biznes va IT muammolarini hal etish uchun dolzarb texnologiyalardan foydalanishni ta'kidlashni istardim”.

Eslatib o‘tamiz, sentabr oyining boshida Beeline yuqori ishonchliligi va tizimlarning samaradorligi yuqori darajasi bilan aloqa server joylashuvi va kommunikatsiya va muhandislik asbob-uskunalar uchun maxsus kuchli platforma barpo etilgani haqida e'lon qilgan edi. Ma'lumot markazining xizmatlaridan foydalanish ikki ishonchli optik aloqa kanali orqali amalga oshiriladi, bu esa yuqori ishonchliligi va 100 Mbit/s.gacha tezlikda ma'lumotlarni uzatish markazining xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini beradi. Uskunalar markaziy data-markazida Buxoro ko‘chasi, 1 manzili bo‘yicha joylashgan.

Foto: Beeline 

«Loyihaga data-markazini ishga tushirish uchun kompaniyaning turli bo‘limlaridan 40 dan ortiq kishi qatnashdi. Kompaniya xizmat ko‘rsatish va uzluksiz qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e'tibor qaratadi. Mijozlarning qulayliklari uchun arizalar bevosita shaxsiy kabinetdan yoki maxsus belgilangan raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin», — dedi «Unitel»ning korporativ sotuvlarini rivojlantirish bo‘yicha direktori Reshat Boltayev.

Batafsil ma'lumot https://cloud.beeline.uz saytida.

Mavzuga oid
Top