08:05 / 14.09.2018
15388

Klichko prezidentlikka o‘z nomzodini nega qo‘ymayotganini aytdi

Foto: unian.net

Kiyev meri Vitaliy Klichko nega Ukraina prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘ymayotgani haqida gapirib berdi. Uning bildirishicha, «boshqa lavozimlarga sakrab o‘tishni» xohlamaydi. Bu haqda «Ukrainskaya pravda» xabar bermoqda.

Klichkoning so‘zlariga ko‘ra, uning hozirgi holatida boshqa bir lavozimga o‘tish adolatli bo‘lmaydi.

«Men Kiyevni shunday darajaga olib kelishim kerakki, bunda barchamiz undan faxrlanishimiz lozim. Men bularning barchasini amalga oshirganimdan so‘ng, chiqaman va aytaman - men har bir shahar va qishloqni Kiyev kabi qila olaman, xuddi o‘sha hayot standartlarini amalga oshira olaman», - deya tushuntirdi Klichko.

2019 yilgi saylovlarga o‘z nomzodini qo‘yishga tayyor ekani haqidagi savolga, Klichko «kiyevliklar oldida majburiyat olgani» va hammasini yarim yo‘lda tashlab ketish niyatida emasligini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko Lugansk uzra Ukraina bayrog‘ini ko‘tarishga va'da bergandi.

Top