O‘zbekistonda 14 sentabr kuni soat 02:31da yer silkinishi qayd etildi. Uning markazi Afg‘oniston hududida joylashgan.
Markaz Toshkentdan 463 kilometr janubda qayd etilgan. U yerdagi magnituda 5,1ni tashkil qilgan, chuqurligi - 200 km.
Yer silkinishi Farg‘ona (358 km), Guliston (396) va Termizda (307) 2 ballni tashkil qildi.
Toshkentda yer osti silkinishi qayd etilmagan.