8395.15 USD -6.38

9510.03 EUR -113.08

127.67 RUB -0.68

10869.2 GBP -122.52

16:44 / 14.09.2018 5396

Vudu qo‘g‘irchog‘i, buyrakdagi toshlar va baqiroq haydovchilar. AQShda Shnobel mukofotlari topshirildi

Foto: Brian Snyder / Reuters

Garvard universitetining Sanders teatrida Shnobel mukofotlarining 28-har yilgi topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir veb-saytida aytilishicha, mukofotlarni har biri «odamlarni avval kuldirgan, keyin o‘ylashga majbur qilgan» o‘nta yangi laureat oldi.

The Guardian gazetasining aniqlik kiritishicha, 2018 yilda iqtisodiyot sohasidagi mukofotni Kanada, Xitoy, Singapur va AQSh olimlari guruhi qabul qilib oldi. Fevral oyida The Leadership Quarterly ijtimoiy fanlar jurnalida Lindi Xanyu Lyan, Duglas Braun, Xuyven Lian, Semyuel Xanig, Lans Ferris va Liza Xeyrings odamlar ishda to‘qnash keluvchi adolatsizlikni qanday yengib o‘tishi haqida so‘zlab berilgan maqolani taqdim etdi. «Noto‘g‘ri narsaga huquq» tadqiqotida mutaxassislarning xulosasiga ko‘ra, bunga boshliqni eslatuvchi vudu qo‘g‘irchog‘i yordam berishi mumkin. Bunday qo‘g‘irchoqlarni qiynagan va ularga igna tiqqan xodimlarda adolat hissiyoti tezroq tiklangan, deb aniqlashdi ular qator tajribalar davomida.

Tadqiqot davomida xodimlardan boshliqlari haqorat qilgan yoki ularni masxara qilgan paytlar haqida eslash so‘ralgan. Keyin qatnashchilarning yarmiga o‘z hissiyotlarini vudu qo‘g‘irchog‘i yordamida chiqarib yuborish imkoni taqdim etildi. «Boshliqni eslatuvchi qo‘g‘irchoqni qiynamaganlar bilan taqqoslanganda, buni qilganlar ko‘proq adolat hissiyotini boshdan kechirdi», - deya tadqiqot natijalariga izoh berdi olim Duglas Braun. U marosimdan oldin jurnalistlar oldida chiqish qilib, odamlar alamdan kelib chiquvchi g‘azabni yengish uchun boshqa, nisbatan ijobiy usullardan foydalanishlari mumkinligi, biroq bunda vudu qo‘g‘irchog‘i baribir muhim ahamiyat kasb etishi haqida gapirgan.

Tibbiyot sohasidagi mukofotni Michigandan kelgan urologlar oldi. Ularning aniqlashicha: bemor Amerik tepaliklarida uchib tushsa, buyraklardan toshlarni tezroq chiqarish mumkin ekan.

Sog‘lom ovqatlanish sohasidagi mukofot Jyeyms Koul rahbarligida ishlagan Zimbabve, Tanzaniya va Buyuk Britaniya olimlariga berildi. Aprel oyida Scientific Reports internet-nashrida e'lon qilingan maqolada ularning xulosa qilishicha, kannibalistik parhez oddiylari bilan taqqoslaganda kamroq oziq quvvatiga ega va odamni to‘ydira olmaydi. Koul va uning hamkasblari buni aniqlash uchun kanniballar (odamxo‘r) paleolit davrida qanday kaloriya iste'mol qilgani va zamonaviy odam tomonidan iste'mol qilinuvchi kaloriyalarni hisoblab chiqishdi. «Sizlar ot go‘shtidan ko‘proq kaloriya olasiz», - dedi marosim chog‘ida Koul.

Adabiyot sohasida Shnobel mukofoti Avstraliya, Salvador hamda Buyuk Britaniya mutaxassislarining «Hayot RTFM uchun juda qisqa (ingliz tilidan - «Yo‘riqnomani o‘qing») nomli tadqiqoti uchun topshirildi. Tea Blekler, Rafael Gomes, Vesna Popovich va Xelen Tompsonning o‘z hisobotida aniqlashicha, ishda yoki har kunlik vaziyatlarda qandaydir murakkab texnologiyalar yoki gadjyetlardan foydalanuvchi kishilar deyarli hech qachon yo‘riqnomalarni o‘qishmaydi, shuning uchun ularning barcha funksiyalaridan foydalanishmaydi.

Tinchlik bo‘yicha mukofot haydovchilarning baqirishi va haqoratlari ustida ishlagan ispaniyalik olimlar jamoasiga berildi. Mutaxassislarning aniqlashicha, haydovchilarning faqat 2 foizi buni doimo qilishini tan oladi. So‘rovga ko‘ra, bunday harakat avtomobilchilarning to‘rtdan bir qismiga xos holatdir.

Mukofotning boshqa laureatlari orasida - mahalliy hayvonot bog‘ida shimpanze odamlar harakatini, xuddi odamlar shimpanze harakatiga taqlid qilgandek o‘xshatishini aniqlagan shvetsiyalik faylasuflar. Biologiya bo‘yicha mukofot ham shvetsiyalik olimlarga berildi.

Top