20:00 / 16.09.2018
6501

Filippinda kon qulashi oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi 

Filippin shimolidagi Itogon posyolkasida ko‘chki oqibatida kon qulab tushdi. Buning oqibatida kamida 30 konchi halok bo‘lgan. Bu haqda Xinhua axborot agentligi ma'lum qildi.   

OAV ma'lumotlariga ko‘ra, vayronalar ostida 40 ga yaqin kishi qolib ketgan. Qutqaruvchilar 30 kishining jasadini chiqarib olishgan.

Qutqaruv-qidiruv ishlari davom etmoqda. Hozirda Filippinda “Mangxut” to‘foni hukm surmoqda. Tabiiy ofat oqibatida 59 kishi halok bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top