12:00 / 16.09.2018
8256

Marg‘ilon: Atlas bayrami doirasida YuNeSKO xalqaro ekspertlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Shahrisabzdagi Xalqaro Maqom forumining sehrli sadolari jarang sochishni to‘xtatishi bilanoq yorqin tadbirlar estafetasi Marg‘ilon shahriga o‘tdi. 14 sentabr kuni Ipak yurtida tantanali ravishda "Atlas bayrami" an'anaviy festivaliga start berildi. 

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qoshidagi Milliy PR-markazi

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qoshidagi Milliy PR-markazidan KUN.UZ'ga xabar berilishicha, festivalning rasmiy ochilish marosimida YuNeSKOning 15 mamlakati delegatsiyasi vakillari va xalqaro mutaxassislar ishtirok etishdi. 

Tadbirda mamlakatning barcha mintaqalari hunarmandlariga faxriy yorliq va sertifikatlar topshirildi. 

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qoshidagi Milliy PR-markazi

Festival doirasida shuningdek Marg‘ilon hunarmandchilikni rivojlantirish markaziga YuNeSKOning nomoddiy madaniy meros ilg‘or amaliyot  reyestriga qo‘shilishi haqidagi sertifikatini topshirishga doir rasmiy marosim bo‘lib o‘tdi.

Yosh hunarmandlar uchun mahorat darslari va treninglar, folklor musiqiy jamoalarning chiqishlari va xalq sayllarini o‘z ichiga olgan Atlas bayrami Marg‘ilonda 2015 yildan buyon o‘tkazib kelinadi. 

Festivalning asosiy maqsadi boy nomoddiy madaniy merosni saqlash va ommalashtirish, uni o‘sib kelayotgan avlodga yetkazish, shuningdek O‘zbekistonning an'anaviy hunarmandchiligini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Tadbir an'anaviy mahsulotlar sifati va dizaynining oshishiga hissa qo‘shib, sayyohlarni mazkur mintaqaga jalb qilish yo‘lida xizmat qiladi.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qoshidagi Milliy PR-markazi
Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qoshidagi Milliy PR-markazi

YuNeSKOning "Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab o‘zaro madaniy aloqalarning interaktiv atlasi" loyihasi doirasida Marg‘ilonda ekspertlarning "Musiqa, cholg‘u asboblari va to‘qimachilik mahsulotlari" mavzuidagi ikki kunlik anjumani o‘tkazildi.

Sharq mavzusi Fransiya, Ispaniya, Xitoy, Indoneziya, Kamboja, Turkiya, Madagaskar, Qozog‘iston va boshqa ko‘plab xorijiy mamlakatlar delegatsiyalari vakillari va mutaxassislarini birlashtirdi. 

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qoshidagi Milliy PR-markazi

Festivalning rasmiy ochilish marosimida YuNeSKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Dendev Badarch so‘zga chiqib, Buyuk Ipak yo‘lida an'anaviy san'at va hunarmandchilikning saqlanishi muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidladi. 

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qoshidagi Milliy PR-markazi

Aksariyat holatlarda ishonchsizlik va sabrsizlik bilan xarakterlanuvchi zamonaviy dunyoda Ipak yo‘llari uzoq muddatli meros va aloqalarning ibratli namunasi bo‘lib xizmat qiladi. O‘zaro madaniy aloqalarni chuqur anglash xalqaro munosabatlar, tinchlik va hamkorlikni mustahkamlaydi. 

YuNeSKO aynan shunday maqsadlarda axborot va kommunikatsion texnologiyalarni qo‘llab, Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab o‘zaro madaniy aloqalarning interaktiv atlasini ishlab chiqmoqda. Bunga qadar bu masalalar Pekin, Parij va Mo‘g‘ulistonda muhokama qilingan. 

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qoshidagi Milliy PR-markazi
Top