13:07 / 17.09.2018
14197

KUN.UZ yangi dovonni zabt etdi

«KUN.UZ» saytining «Instagram»dagi obunachilari soni 1 milliondan oshdi. Bu saytning eng ko‘p o‘quvchiga ega sahifasidir.

Ushbu sahifa rasmiy maqomga ega bo‘lib, kunning asosiy xabarlarini o‘z o‘quvchilariga qulay tarzda bo‘lishib bormoqda. Ayni paytda, «KUN.UZ» OAV bo‘yicha «Instagram»da eng ko‘p a'zoga ega bo‘lgan va bu natijaga erishgan birinchi nashr bo‘lib turibdi.

Shu bilan birgalikda, «KUN.UZ»ni:
«Odnoklassniki»da 243 mingdan ortiq;
«Telegram»da 462 mingdan ziyod;
«Feysbuk»da 200 mingdan ortiq;
«Yutub»da 215 minga yaqin o‘quvchi kuzatib bormoqda.

«KUN.UZ» keyingi marralarga ham siz o‘quvchilar bilan birga yo‘l olib, yangi dovonlarni ham siz o‘quvchilar bilan birga zabt etadi.

Top