23:37 / 17.09.2018
11172

Osiyo Chempionlar Ligasida dastlabki yarimfinalchilar aniqlandi

Osiyo Chempionlar Ligasi G‘arbiy hududida 1/4 finalning javob bahslari o‘tkazildi.

Eronning «Persepolis» klubi o‘z maydonida Qatarning «Ad-Duxail» klubini qabul qilib, 3:1 hisobidagi irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. Dastlabki o‘yinda 0:1 hisobi qayd etilgani bois, eronliklar yarimfinalga yo‘l olishdi. 

Qatarning «As-Sadd» klubi Eronning «Istiqlol»ini qabul qilib, 2:2 hisobidagi durangni qayd etdi. Dastlabki o‘yinda qatarliklar 3:1 hisobida g‘alaba qozongani bois, ular yarimfinalga yo‘l olishdi. 

Endi «As-Sadd» keyingi bosqichda Eronning yana bir klubi «Persepolis» bilan bellashadi.

OChL, 1/4 final, javob bahslari
G‘arbiy hudud
17 sentabr
Persepolis (Eron) - Ad-Duxail (Qatar) - 3:1
Gollar: Husayniy (57), Al-Burayk (76 avtogol), Mensha (78) - Budiaf (33)
Dastlabki o‘yin: 0:1

As-Sadd (Qatar) - Istiqlol (Eron) - 2:2
Gollar: Afif (27), Bunedjah (90+2 pen) - Baqiriy (32), Tabriziy (49)
Chetlatish: Chashmiy (50, Istiqlol)
Dastlabki o‘yin: 3:1

Sharqiy hudud:
18 sentabr
Tyantszin Tsyuanzyan (Xitoy) - Kashima Antlers (Yaponiya) 
Dastlabki o‘yin: 0:2

19 sentabr
Suvon Samsung Blyuuingz (Janubiy Koreya) - Chonbuk Motors (Janubiy Koreya)
Dastlabki o‘yin: 3:0

Top