12:23 / 17.09.2018
8213

O‘zbekistonda xususiy shaxslarning banklardagi ulushlariga cheklov bekor qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining qarori bilan Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi.

Bundan oldin, tijorat bankining ustav kapitalida bir aksiyador yoki bir necha aloqador aksiyadorlar guruhi ulushi (davlat ulushidan tashqari) ustav kapitalining umumiy hajmidan 25%dan ortiq bo‘lishi mumkin emas edi.

Shuni ta'kidlash joizki, bu xorijiy kapital va xususiy banklar uchun qo‘llanilmagan.

Endi cheklov butunlay olib tashlandi.

Bundan tashqari, chet el kapitali ishtirokidagi banklarda chet elliklarning ulushlari bo‘yicha cheklovlar ham o‘zgardi. Ilgari, kamida 30% cheklov mavjud edi, endi bu minimal chegara 15%gacha qisqartiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Halyk Bank Toshkentda Tenge Bank tashkil etilishini ma'qullagan edi.

Top