22:33 / 18.09.2018
8228

Audi ilk seriyali elektromobili haqida ma'lumot berdi

Audi o‘zining ilk seriyali elektromobili E-tron haqidagi ma'lumotlarni oshkor qildi. Ma'lum qilinishicha, avtomobil bozorga 2018 yil oxirida chiqadi va 75 ming dollar turadi.

Audi E-tron umumiy quvvati 350 ot kuchiga ega ikkita elektrodvigatel va 95 kVt⋅soat sig‘imga ega akkumulyator bilan jihozlangan. Avtomobil bir quvvatlanishda 400 kmgacha yo‘l bosa oladi.

Elektrokarning maksimal tezligi 200 km/soatni tashkil qiladi, haydovchilarga esa 7 ta haydash rejimi taqdim qilinadi.

E-tron’da qo‘shimcha optsiya sifatida yon ko‘zgulardan voz kechish mumkin, uning o‘rniga kamera o‘rnatiladi. Undagi tasvir salonga uzatiladi. Hozirda bunday videoko‘zgular faqatgina Yaponiyada qonuniylashtirilgan. 

E-tron’ning oynavand tomli va isitiluvchi o‘rindiqlarga ega eng arzon versiyasi 74800 dollar turadi. Prestige versiyasi esa 82 ming dollar turib, o‘z ichiga kattalashtirilgan markaziy displey va massaj qiluvchi o‘rindiq olgan. Elektrokarning First Edition versiyasi 86700 ming dollar turadi, u kuzovi va intereri ranglari, 21 dyuymli g‘ildiraklari bilan farqlanadi va tungi kuzatuv tizimi bilan jihozlangan.

Top