13:13 / 18.09.2018
8431

«Emmi» mukofoti «Taxtlar o‘yini» serialiga nasib etdi

Foto: REUTERS/Mike Blake

AQSh televizion san'at va fanlar akademiyasi 2018 yilgi «Emmi» mukofoti g‘oliblarini e'lon qildi. Taqdirlash marosimi Los-Anjyelesda bo‘lib o‘tdi. 

«Eng yaxshi dramatik serial» nominatsiyasida oliy mukofotga «Amerikaliklar», «Toj», «Juda g‘alati ishlar», «Yovvoyi G‘arb olami», «Oqsochning hikoyasi»,  «Bu bizmiz» seriallari ham da'vogarlik qildi. G‘oliblik «Taxtlar o‘yini» serialiga nasib etdi.
Mettyu Riz «Amerikaliklar» serialidagi ishi uchun eng yaxshi aktyor, Kler Foy esa «Toj»dagi roli uchun eng yaxshi aktrisa deb topildi.

Eng qisqa serial uchun mukofot «Janni Versachening o‘ldirilishi» serialiga topshirildi. Unda italiyalik dizaynerning qotili rolini o‘ynagan Derren Kriss ham mukofotga sazovor bo‘ldi.

Top