14:38 / 18.09.2018
5330

“MAZ” “Toshshahartransxizmat”ga maxsus sertifikat berdi

“Toshshahartransxizmat” AJ rahbariyati Belorussiyaning “MAZ” kompaniyasi direktori Dmitriy Katerinich bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda kelgusida istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish va o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi. Muzokaralarda “MAZ” rahbariyati tomonidan “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruvi raisiga maxsus sertifikat topshirildi. Unga ko‘ra, sertifikat jamiyat tasarrufidagi “Toshavtota'mirxizmat” UKga “MAZ” avtomobillari hamda texnikalarini ta'mirlash  va ularga servis xizmati ko‘rsatish huquqini ta'minlaydi.

Bunday sertifikat Minsk avtomobil zavodi tomonidan “Toshshahartransxizmat” ga berilayotgan birinchi sertifikat hisoblanadi.

Top