09:34 / 19.09.2018
3447

Visa va Mastercard riteylerlarga 6,2 mlrd dollar to‘lab berishga rozi bo‘ldi 

Foto: Joan Cros / Zuma / TASS

Dunyodagi eng yirik to‘lov tizimlari Visa va Mastercard AQSh riteylerlari bilan tranzaksiyalar uchun yuqori komissiyalar olgani yuzasidan uzoq yillar davom etgan bahsni hal qildi. Ikki to‘lov tizimi reteylerlarga 6,2 mlrd dollar to‘lab berishga rozi bo‘lgan.

Bahs 2005 yilda boshlangan, o‘shanda riteylerlar Visa va Mastercard’ni AQSh antimonopol qonunchiligini buzishda ayblab chiqqanlar. Ushbu da'vo bo‘yicha to‘lov tizimlariga egalik qilgan banklar ham javobgar hisoblangan.

Kelishuvga ko‘ra, Visa, Mastercard va JP Morgan Chase, Bank of America va Citigroup banklari riteylerlarga 2012 yilda kelishilgan 5,3 mlrd dollarlik summaga qo‘shimcha 900 mln dollar to‘lab berishga rozi bo‘lgan. Visa bu qiymatdan 600 mln dollarini, Mastercard esa 108 mln dollarini to‘lab beradi. 

Visa ulushiga tranzaksiyalarning katta qismi to‘g‘ri kelgani sababli u 6,2 mlrd dollardan 4,1 mlrd dollarini to‘laydi. Mastercard  esa yakuniy summaning 12 foizini to‘lashiga to‘g‘ri keladi. 

Top