13:55 / 20.09.2018
6415

4500 dollarni o‘g‘irlaganlardan biri kollej o‘quvchisi ekani aniqlandi

Illyustrativ foto

Shu yil 18 sentabr kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida yashovchi X.M. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

U shu yil 15 sentabr kuni noma'lum shaxslar o‘zining uyidan 4500 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketganliklarini ma'lum qilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent viloyati Chinoz tumanida yashovchi, Guliston shahar Axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji 3-bosqich o‘quvchisi S.Sh. va Boyovut tumanida yashovchi J.O. sodir etganliklari aniqlanib ushlanganlar. 

Tergov davom etmoqda.

Top