22:08 / 20.09.2018
15571

AQShda dovul sababli zaharli chumolilar “orollari” paydo bo‘ldi

Foto: twitter.com/GadiNBC

AQShda “Florens” dovuli oqibatida zaharli olovrang chumolilardan tashkil topgan “orollar” paydo bo‘ldi. Endi bu chumolilar Shimoliy va Janubiy Karolina shtatlari sohillari yaqinida suzib, aholiga xavf solmoqda. 

Chumolilar bir-biriga jips yopishib, o‘ziga xos sol hosil qilmoqda. Bu ularga kuchli toshqinlar vaqtida omon qolishga yordam beradi. Bu turdagi chumolilar tajovuzkor va zaharli bo‘lib, o‘z qurboni terisiga tushsa, unga qattiq yopishadi va uni olib tashlash mushkullik tug‘diradi.

Uzoqdan ushbu “orolchalar” chiqindi yoki suvo‘tlariga o‘xshaydi, biroq unga qayiq bilan tegib ketilsa, unda minglab chumolilar qayiqqa o‘tib oladi.

Mavzuga oid
Top